Ukraina Kursk oblastida «yuzlab harbiylar» asir olinganini e’lon qildi - fotosuratlar
Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastidagi yurishni davom ettirmoqda
Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastidagi amaliyotini davom ettirmoqda. «Biz davom etamiz. Turli hududlarda kuniga birdan ikki kilometrgacha», deya yozgan o‘z telegram-kanalida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Ukraina reintegratsiya vaziri Ukraina hududiga evakuatsiya bo‘lishni istagan yoki insonparvarlik yordamlariga muhtoj bo‘lgan kurskliklar uchun 24 soat davomida ishlaydigan ishonch telefonlarini yo‘lga qo‘ygan va ularga «zarur himoya va gumanitar yordam» ko‘rsatilishini va’da qilgan. «Meduza» 14 avgust kuni Sumi oblastida — Rossiya bilan chegara hududida olingan fotosuratlarni namoyish etdi.
Ukrain nashrlarida asir tushgan rossiyalik harbiy xizmatchilarning fotosuratlari e’lon qilindi. Ukraina xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, Kursk oblastida bir kunda 102 kishi qo‘lga olingan
Ukraina xavfsizlik xizmati maxsus topshiriqli bo‘linmalari jangchilari 14 avgust kuni Kursk oblastida 102 nafar rossiyalik harbiy xizmatchini qo‘lga olgan. Ukrainadagi nashrlar va «Xochu jit» proyekti asirlarning fotosuratlarini namoyish etdi — bu suratlarda RF qurolli kuchlari 488-gvardiyachi motoo‘qchilar polki hamda «Axmat» brigadasi bo‘linmalari jangchilari aks etgan.
Ukraina nashrlarining maxsus xizmatlardagi suhbatdoshlariga ko‘ra, bu keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon bir harakatda eng ko‘p miqdorda rossiyalik harbiylar asir olinishi bo‘lgan.
«Ukraina xavfsizlik xizmatining „A“ Markaziy maxsus amaliyotlar xizmati jangchilari dushmanning har tomondan betonlangan va yaxshi mustahkamlangan — yerosti aloqa yo‘llari va shaxsiy tarkib yashashi uchun yotoqxonalar, oshxonalar, qurollar ombori va hatto yuvinish xonasiga ega tayanch punktini egalladi va tozaladi. Keragidan ortiq oziq-ovqat va o‘q-dorilari bo‘lgan dushman taslim bo‘lmoqchi emasdi», — deya manbaning so‘zlarini keltiradi «Ukrainskaya pravda».
«Xochu jit» proyekt qo‘llari ortga bog‘langan holda yuztuban yotgan harbiy xizmatchilar aks etgan videoni ham namoyish etgan. Xabar qilinishicha, rossiyalik harbiylarni komandirlari tashlab ketgan, shu tufayli ular «to‘g‘ri qaror qabul qilishgan va asir tushishgan».
Naymasovіshe vzyattya voroga v polon: bіytsі SBU zaxopili 102 voyaka RF na Kurshchinі 14 serpnya
— Ukrayinska pravda ✌️ (@ukrpravda_news) August 15, 2024
vіdeo djyerela UP pic.twitter.com/J3VDwATBgs
14 avgust kuni ham Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy ukrain harbiylari «Kursk oblastida kun boshlanganidan buyon 100 dan ortiq harbiy asir olingani»ni aytgandi.
⚡️⚡️⚡️Rota rossiyskix soldat sdalas v plen v Kurskoy oblasti!
— Proyekt «Xochu jit» (@hochuzhit_com) August 15, 2024
Vchera, 14 avgusta, boleye sta ostavlennyx komandirami rossiyan, prinyali pravilnoye resheniye i sdalis v plen. Ix mojno ponyat, tyajyelo vesti boyevyye deystviya, kogda toboyu komanduyut samodury i kaznokrady⤵️ pic.twitter.com/wi9SkjLdqA
Kursk oblastida asir olinib, asirlarni saqlash markazlariga joylashtirilgan rossiyalik harbiylar
FT nashri bilan suhbatda ukrainalik mulozimlar va harbiylarning ma’lumot berishicha, Ukraina qurolli kuchlarining 6 avgust kuni boshlangan amaliyoti davomida «yuzlab» rossiyalik asirga tushgan. «Vajniye istorii» aniqlashicha, ular orasida kamida 25 nafar muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar bor. Rossiya hukumati vakillari hozircha asirga tushgan harbiylar to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirmadi, ammo, FT yozishicha, Rossiya allaqachon Ukraina bilan asirlar almashuvi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Ukraina tomoni bo‘lg‘usi almashuvlar doirasida birinchi navbatda og‘ir yaradorlar va og‘ir bemorlarni, ayollar hamda uzoq vaqtdan buyon asirlikda qolayotganlarni, jumladan «Azovstal» mudofaachilari hamda qrim-tatarlarni qaytarishni rejalashtirayotganini aytgan. Rossiyalik asirlar ham maxsus markazlarda almashuvni kutmoqda. «Meduza» Kursk oblastida asir tushganlar saqlanayotgan shunday markazlardan birida olingan fotosuratlarni taqdim etdi.
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024