Bo‘stonliqda o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda yong‘in sodir bo‘ldi
Burchmulla o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda 1,5 gektar maydonda yong‘in yuzaga kelib, natijada ushbu hududdagi quruq o‘t va shox-shabba yongan.
Joriy yilning 29 avgust kuni soat 00:35 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Bo‘stonliq tumanidagi o‘rmon yer maydonlarida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 30 nafar qutqaruvchi hamda Burchmulla o‘rmon xo‘jaligidan 20 nafar xodim jalb qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in Bo‘stonliq tumani «Ma’rifat» MFY, Burchmulla o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda 1,5 gektar maydonda yuzaga kelib, natijada ushbu hududdagi quruq o‘t va shox-shabba yongan.
Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yong‘in soat 01:50 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
15:29 / 17.12.2024