Rossiya 90 dan ortiq hindistonlikni aldab Ukrainaga jo‘natgan - «Dojd»
Urushga jo‘natilgan 90 dan ortiq hindistonlikdan sakkiz nafari halok bo‘ldi, deb xabar berdi «Dojd» telekanali. Ukrainaga frontga ketgan Hindiston fuqarolarining aksariyati ish bilan ta’minlash bahonasida Rossiyaga taklif qilinadi.
28 avgust, chorshanba kuni kechqurun «Dojd» telekanali xabariga ko‘ra, 90 dan ortiq hindistonlik Ukrainada Rossiya tomonida jang qilish masalasida aldanib qolgan, ulardan kamida sakkiz nafari halok bo‘lgan va jasadlari hali ham o‘z vatanlariga qaytarilmagan. Telekanal bu haqda Hindiston parlamenti deputati Vikramjit Singx Sahnaybga tayanib ma’lum qildi.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bilan urushga borib qolgan Hindiston fuqarolarining aksariyati ish bilan ta’minlash bahonasida Rossiyaga taklif qilinib, keyin esa tarjimonlarsiz Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majbur bo‘lmoqda. Shu bilan birga, odamlar ko‘pincha o‘sha joyga yetib borganidan keyingina frontda ekanini tushunadi.
«Dojd» telekanali Ukrainada o‘ldirilgan hindistonliklardan biri Ravi Munning ota-onasi bilan bog‘landi va ular o‘g‘lini Rossiya transport kompaniyalaridan biriga joylashtirishga va’da berganliklarini aytishdi, biroq Rossiyaga kelganidan so‘ng Mun oilasi bilan frontdan turib bog‘langan.
Iyul oyida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Moskvaga tashrifi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan hindistonliklarni demobilizatsiya qilish va yangi yollashlarning oldini olish borasida savollarni ko‘targan edi. Putin ikkala masalani hal qilishda yordam haqida va’da berdi, biroq bu hali ham Ukrainada jang qilayotgan hindlarning holatiga ta’sir qilmadi, deya ta’kidlaydi «Dojd».
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024