Novorossiyskka dengiz dronlari hujum qildi
Novorossiysk meri Andrey Kravchenko suvusti dronlarining hujumi qaytarilganini ma’lum qildi. Dengizda otishma ovozlari eshitilgan.
Krasnodar o‘lkasining Novorossiysk shahri 5 sentabr, payshanbaga o‘tar kechasi suvusti dronlar hujumiga uchradi. «Ekipajsiz qayiqlarning hujumi qaytarilmoqda. Birinchi qirg‘oq chizig‘i aholisiga alohida e’tibor - tashqariga chiqmang!» – dedi Novorossiysk meri Andrey Kravchenko o‘zining Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar sohilbo‘yining Isayev ko‘chasidan Misxakogacha bo‘lgan 7 kilometrlik qismida plyajlar yopilgan, transport harakati cheklangan. Dengizda otishma ovozlari eshitildi, deb xabar bermoqda «Ostorojno, novosti» Telegram-kanali mahalliy aholining videolarini e’lon qilib.
Ukraina dengiz dronlari hujumi
Amerikaning Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri Ukraina qurolli kuchlari Rossiya Qora dengiz floti tonnajining taxminan 40 foizini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi. Xususan, 2024 yil fevralida Qrim qirg‘oqlari yaqinida Ukraina dronlari «Tsezar Kunikov» yirik desant kemasini, mart oyida esa «Sergey Kotov» patrul kemasini cho‘ktirgan edi.
2023 yil avgust oyida dengiz dronlari Novorossiyskdagi harbiy bazaga hujum qilib, «Olenegorskiy gornyak» yirik desant kemasiga jiddiy zarar yetkazdi.
Mavzuga oid
12:55 / 21.12.2024
Tatariston bo‘ylab dronlar hujumi kuzatildi
15:33 / 18.12.2024
AQShdagi sirli dronlar: ular haqida nimalar ma’lum?
16:14 / 14.12.2024
OAV: Germaniya uzra RF harbiy dronlari uchib o‘tgan bo‘lishi mumkin
15:12 / 13.12.2024