Sport | 14:16 / 06.09.2024
5852
1 daqiqa o‘qiladi

Safiya Burxanova Paralimpiya o‘yinlaridagi 3-medalini qo‘lga kiritdi

Parij Paralimpiadasida para yengil atletika bellashuvlari davom etmoqda. 

F12 klassida yadro uloqtirish bahslarida o‘zbekistonlik Safiya Burxanova 14.12 metr natija ko‘rsatib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. 

E’tiborlisi, 33 yoshli atlet Rio-2016da ham kumush, Tokio-2020da esa oltin medal sohibiga aylangandi.

Shu tariqa 2024 yilgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonning medallari 18 taga yetdi — 8 oltin, 6 kumush, 4 bronza.

Mavzuga oid