Jahon | 10:05 / 12.09.2024
3751
2 daqiqa o‘qiladi

Putin uran, titan va nikel eksportini taqiqlashni buyurdi

«Bizga bir qator tovarlar yetkazib berish cheklanmoqda, biroq biz ham ba’zi cheklovlar haqida o‘ylashimiz kerak, masalan, uran, titan, nikel bo‘yicha», dedi Putin bosh vazir Mishustinga.

Foto: Sputnik/Gavriil Grigorov/Pool via REUTERS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat hukumatiga G‘arb sanksiyalariga javoban rangli metallar, xususan, uran, titan va nikel eksportiga «ma’lum cheklovlar joriy etish haqida o‘ylab ko‘rish»ni topshirdi, deb xabar bermoqda 11 sentabr, chorshanba kuni «Interfaks» agentligi. «Bizga bir qator tovarlar yetkazib berish cheklanmoqda, biroq biz ham ba’zi cheklovlar haqida o‘ylashimiz kerak, masalan, uran, titan, nikel bo‘yicha», dedi Putin Rossiya bosh vaziri Mishustinga video-aloqa orqali hukumat a’zolari bilan uchrashuvda. «Umuman olganda, agar bu bizga zarar keltirmasa, buni ertaga qilishimiz kerak deb aytmayapman, faqat men aytgan tovarlarni emas, balki boshqa ba’zilarini tashqi bozorga yetkazib berish bo‘yicha ma’lum cheklovlar haqida o‘ylashimiz mumkin», - deb davom etdi prezident.

Ukrainadagi urush uchun sanksiyalar va savdoni Osiyo bozoriga yo‘naltirish zarurati tufayli «Nornikel» metallarini sotishdan tushgan daromad joriy yilning birinchi yarmida 22 foizga kamayib, 5,6 milliard dollarni tashkil qildi. Endi «Nornikel» sanksiyalardan oldingi davrdagi daromadining atigi 80 foiziga tayanishi mumkin, deb yozadi «Interfaks».

To‘liq texnologik siklga ega dunyodagi eng yirik titan ishlab chiqaruvchisi - «VSMPO-Avisma» 2023 yilning kuzida AQSh sanksiyalari ostida qoldi. «Rosatom» korporatsiyasi 2023 yil yakunlari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasidan uran eksporti hajmini oshkor etmadi, biroq o‘tgan yilgi hisobotida u jahon yadro yonilg‘isi bozorining 17 foizini egallaganini ta’kidlagan.

Mavzuga oid