O‘zbekiston | 08:40 / 18.09.2024
3095
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vazifalari aniqlashtirildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlari yanada rivojlantirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Me’yoriy-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

  • Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini hamda uning mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalarini aniqlashtirish;
  • jamg‘arma tomonidan to‘lanadigan subsidiyalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Subsidiyalar” portali orqali berish;
  • jamg‘arma mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlashning foiz va muddatlarini qayta belgilash;
  • “Agroplatforma” AT orqali imtiyozli kreditlash uchun ariza berishni soddalashtirish;
  • mahsulot yetkazib berish bo‘yicha fond birjasi orqali tuzilgan fyuchers shartnomalarini bekor qilish hamda mahsulotni qayta savdoga chiqarish tartibini amaldagi huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish.

Xususan, quyidagi hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

  • Vazirlar Mahkamasining “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori;
  • Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori;
  • Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

Mavzuga oid