Jamiyat | 21:10 / 20.09.2024
5951
2 daqiqa o‘qiladi

Pora bilan ushlangan Dashtobod stansiyasi boshlig‘i ilgari sudlanmagani aytildi

Huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 4 ming dollar pora olgan vaqtida ushlangani, avval ham jinoyat sodir qilgani haqida xabar berilgan edi.

Illyustrativ foto

Dashtobod temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i ilgari jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Bu haqda «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ xabar berdi.

Avvalroq, huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati, Dashtobod stansiyasi boshlig‘i 4 ming dollar pora olgan vaqtida ushlangani, u muqaddam Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan sudlangani haqida xabar berilgan edi.

«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ bergan izohga ko‘ra, mazkur stansiya boshlig‘i 2011 yilda Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini tamomlab, tizimda 13 yil faoliyat olib borgan. Ilgari o‘ziga ham, yaqin qarindoshlariga nisbatan ham jinoiy ish ochilmagan va sudlanmagan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda stansiya boshlig‘i 40 ta vagon uchun 4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozir unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Mavzuga oid