Jamiyat | 10:34 / 23.09.2024
4190
1 daqiqa o‘qiladi

Chirchiqda kanalga tushib ketgan “Spark” chiqarib olindi

22 sentabr kuni haydovchining ehtiyotsizligi tufayli Chirchiq shahridagi kanalga tushib ketgan “Spark” avtomobili FVV qutqaruvchilari tomonidan chiqarib olindi. Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, 22 sentabr kuni soat 20:40 atrofida “Spark” avtomashinasida harakatlanayotgan haydovchi ehtiyotsizlik oqibatida Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Mirzo Ulug‘bek MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zax kanaliga tushib ketgan.

Holat bo‘yicha FVBga kelib tushgan xabarga ko‘ra qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan.

“Chirchiq shahar FV bo‘limi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, hamkorlikdagi xizmatlar bilan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi. Avtomobilda haydovchining o‘zi bo‘lgan. Haydovchi avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan”, — deyiladi xabarda.

Rasmiylarga ko‘ra, hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Mavzuga oid