Basketbol federatsiyasi rahbarlari talon-torojlik uchun jazolandi
Ular bir necha yuz million so‘m mablag‘larni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani ta’kidlanmoqda.
Basketbol federatsiyasi rahbarlari tashkilot mablag‘larini talon-toroj qilgani uchun jazolandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Basketbol federatsiyasi ijrochi direktori Yu.S. va ish boshqaruvchisi S.I. jinoiy til biriktirib, S.I.ning onasi va ukasi nomiga «S.A.G» MChJ tashkil qilib, sportchilar sog‘lig‘ini monitoring qilishga mo‘ljallangan 2 dona maxsus uskuna uchun federatsiyadan 197 mln so‘m mablag‘ni jamiyat hisobiga o‘tkazib, talon-toroj qilgan. Uskunalar yetkazib berilmagan.
Shuningdek, 1-vitse prezident X.G. federatsiyaga tegishli bo‘lgan korporativ plastik kartadan noqonuniy ravishda shaxsiy ehtiyojlari uchun 162 mln so‘m mablag‘ni yechib olib, o‘zlashtirgan.
Bundan tashqari, yuqoridagi mansabdor shaxslar tomonidan federatsiyaga guyoki homiylarni jalb qilish xizmatlarini ko‘rsatish haqida soxta shartnoma rasmiylashtirilib, federatsiyaning 130 mln so‘m mablag‘i o‘zlashtirilgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilgan. Shuningdek, sud hukmi bilan aybdorlarga tegishli jazo choralari qo‘llangan. Bu jazo choralari qanday ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
17:38 / 23.12.2024
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
17:16 / 17.12.2024
Qirg‘iziston bosh vaziri korrupsiya tufayli iste’foga chiqarilgan bo‘lishi mumkin
15:17 / 17.12.2024