Jamiyat | 11:25 / 29.09.2024
5667
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisada hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan. Mashinalar turli darajada shikastlangan.

Foto: IIB

Samarqand shahrida bir nechta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2024 yil 28 sentabr kuni soat 11:15 lar atrofida Samarqand shahar Dahbed ko‘chasida ro‘y bergan.

Beshta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan va vafot etmagan. Beshta mashina turli darajada shikastlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun,Samarqand shahri Dahbed ko‘chasi har doim tiqilinch bo‘ladi. Bu yerda Samarqand viloyatining bir necha tumanlariga qatnaydigan taksichilar joylashib olgan. Shahar va viloyat darajasidagi mas’ullar bu yerdagi tiqilinchga bir necha yildan buyon panja orasidan qarab kelishadi. 

Mavzuga oid