AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
AQSh janubi-sharqida yuz bergan tabiiy ofat kamida 63 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 3 milliondan ortiq uy elektrsiz qoldi.
AQSh Milliy to‘fonlar markazi (NHC) ma’lum qilishicha, «Helen» to‘foni Qo‘shma Shtatlar janubi-sharqida «halokatli, tarixiy suv toshqini»ga sabab bo‘ldi. 29 sentabr, yakshanba kuni AQShda sodir bo‘lgan tabiiy ofat natijasida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 63 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda elektr ta’minotidagi uzilishlar qayd etiluvchi Amerikaning PowerOutage.us portali ma’lumotlariga ko‘ra, uch milliondan ortiq xonadon elektr energiyasiz qolgan.
Florida, Jorjiya, Janubiy Karolina, Tennessi va boshqa shtatlar «Helen» tufayli yuzaga kelgan vayronagarchilikdan ayniqsa jabr ko‘rgan. AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris shunday ogohlantirish bilan chiqdi: «To‘fon xavfli va halokatli bo‘lib qolmoqda, qurbonlar va suv toshqini xavfi hamon yuqori darajada».
Kasalxona tomidan 50 kishining dramatik qutqarilishi
Tennessi shtatining Ervin shahrida politsiya va qutqaruvchilar shifoxona tomiga chiqib ketgan 50 dan ortiq odamni vertolyot yordamida qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Ular qutqarilishidan bir necha soat oldin senator Bill Xegerti AQSh rasmiylarini suv bilan o‘ralgan odamlarga resurslar yetkazishga chaqirdi va vaziyatni «juda og‘ir» deb atadi.
«Helen» to‘foni 26 sentabr kuni Floridaga yopirildi, so‘ng qo‘shni shtatlarga ko‘chdi. Shamol tezligi soatiga 225 kilometrgacha yetdi va to‘fon to‘rtinchi toifaga («o‘ta xavfli») kiritildi.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024