Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga tashrifi doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forum yuksak darajada o‘tkazilgani bilan samimiy muborakbod etdi.
Suhbatda O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, ko‘p qirrali hamkorlikni, ayniqsa siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash jadal o‘sayotgani, birgalikda chegaraoldi savdo hududi barpo etilayotgani, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlik kuchayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Faol hududlarlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuv doirasidagi tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.
Bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi ham muhokama qilindi.
O‘zbekiston rahbari Turkman xalqining milliy yetakchisiga Maxtumqulining o‘zbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari to‘plamini sovg‘a qildi.
Mavzuga oid
00:30
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024
2025 yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshi oshiriladi
18:47 / 24.12.2024
Kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktab tashkil etiladi, 162 ta bog‘cha quriladi
18:11 / 12.12.2024