O‘zbekiston | 12:10 / 17.10.2024
1080
1 daqiqa o‘qiladi

Nikaraguaning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi

Tatyana Daniela Garsiya Silva Nikaraguaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlandi.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 16 oktyabr kuni u bilan uchrashdi.

“Ikki tomonlama munosabatlarimizda foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlarni o‘rganish mexanizmlarini muhokama qildik”, deb yozdi vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, Tashqi ishlar vazirliklari aloqalarda, ayniqsa, iqtisodiy jihatdan aniq natijalarga erishishda lokomotiv vazifasini bajarishlari lozim.

O‘zbekiston va Nikaragua o‘rtasida diplomatik aloqalar 2007 yilning 23 fevralida o‘rnatilgan.

Mavzuga oid