O‘zbekiston | 12:20 / 18.10.2024
2214
1 daqiqa o‘qiladi

1,4 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

MChJ tosh maydalash karerini elektr hisoblagichdan tashqari elektr qurilmasiga ulab olgan. 

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida joylashgan “S.N.” MChJ tosh maydalash karerini elektr hisoblagichdan tashqari elektr qurilmasiga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 435 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid