BMT: dunyoda 1,1 mlrd kishi o‘ta qashshoqlikda yashayapti
Urishayotgan mamlakatlar ko‘p o‘lchovli qashshoqlikning barcha darajalari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 1,1 milliard odam o‘ta qashshoqlikda yashayapti va ularning deyarli yarmi — 455 million kishi mojaro yoki beqarorlik mavjud mamlakatlarda istiqomat qiladi.
Nashr 17 oktyabr – Xalqaro qashshoqlikka barham berish kuniga bag‘ishlandi, deb xabar bermoqda BMT matbuot xizmati.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Oksford universiteti 6,3 milliard aholi istiqomat qiladigan 112 davlatning o‘n yil davomidagi statistik ma’lumotlarini tahlil qildi va 20 ta davlatda qo‘shimcha so‘rov o‘tkazdi.
Ish natijalariga ko‘ra, «ko‘p o‘lchovli» yoki o‘ta qashshoqlik deb ataladigan global indeks bo‘yicha yangilangan hisobot tayyorlandi.
Shu bilan birga, nashr mualliflari mojarolardan jabr ko‘rgan mamlakatlarda ma’lumotlarni yig‘ish muammoli ekanligini ta’kidladilar. Shu sababli, qashshoqlik darajasi past baholanishi va haqiqiy ko‘rsatkichlar yuqori bo‘lishi mumkin. Biroq, mavjud dalillar qashshoqlik va ziddiyat o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
08:44 / 12.12.2024
Rosstat: Deyarli 12 mln rossiyalik qashshoqlik chegarasida yashayapti
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
12:20 / 05.12.2024