O‘zbekiston | 07:40 / 19.10.2024
4834
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariya O‘zbekistonda eksklyuziv yangi turistik marshrutlar yaratmoqchi

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Shveytsariyaning Rubis Voyages va mamlakatdagi Karavan Travel turistik kompaniyalari bilan  hamkorlikda Nyovshatel shahrida turizm salohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Photo: Dunyo

Unda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, diplomatlar hamda  Shveytsariyaning tegishli kompaniyalari vakillari va soha mutaxassislari qatnashdi.

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev turizmni iqtisodiy o‘sish drayveri sifatida rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarilgani, qadimiy shaharlar jahon sayyohligida muhim o‘ringa egaligini, xorijiy sayyohlik kompaniyalari va sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar qayd etdi.

Tadbirda O‘zbekistonning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va noyob tabiiy landshaftlari haqidagi ma’lumotlar shveysariyalik sayyohlik agentliklari va operatorlarmi e’tiboriga taqdim etildi. Mutaxassislarga respublikaning eksklyuziv yangi turistik marshrutlarini yaratish imkoniyatlari taklif etildi.

Mavzuga oid