Prezident Toshkentdagi drenaj tizimi borasida qat’iy e’tiroz bildirdi
Kuni kecha bo‘lgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatdi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Poytaxtdagi tuman hokimlari joyiga chiqib, drenaj, yashillik, obodonlashtirish kabi masalalarni tepasida turib o‘zi hal qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Shahar hokimligi yil yakunigacha master-reja qilib, drenaj tizimini sun’iy havzalar bilan birga qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqishi kerak.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor o‘tkazdi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, yig‘ilishda davlat rahbari poytaxtning drenaj tizimi ishiga qat’iy e’tiroz bildirgan. Kuni kecha bo‘lgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatganini qayd etgan.
“Drenajni to‘g‘irlashni o‘zi yetarli emasligi, suvni havzalarda to‘plash tizimini qilib, daraxtlarni sug‘orishga ishlatish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Umuman, poytaxtdagi tuman hokimlari joyiga chiqib, drenaj, yashillik, obodonlashtirish kabi masalalarni tepasida turib o‘zi hal qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bundan tashqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanishi ham ko‘paygani qayd etildi.
Shahar hokimligiga yil yakunigacha master-reja qilib, drenaj tizimini sun’iy havzalar bilan birga qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari shu yil yanvar oyidagi yig‘ilishda ham bu masalaga to‘xtalgan, shahar hokimligi oldiga drenaj tizimidagi eng muammoli nuqtalarda qurilish ishlarini yakunlash va 1 sentabrgacha poytaxt drenaj tizimi master-rejasini ishlab chiqish vazifasini qo‘ygandi.
Mavzuga oid
00:30
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024
2025 yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshi oshiriladi
18:47 / 24.12.2024
Kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktab tashkil etiladi, 162 ta bog‘cha quriladi
16:35 / 23.12.2024