Livanga yordam berish uchun Parijda taxminan 1 mlrd yevro yig‘ildi
Parijdagi konferensiyada Bayrut uchun mablag‘ yig‘ildi. Taxminan 800 million yevro Livan aholisiga insonparvarlik yordami, 200 million yevro esa Isroilning «Hizbulloh»ga qarshi hujumlari fonida ushbu mamlakat qurolli kuchlarini mustahkamlashga sarflanadi.
Parijda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada Isroil va Livanning «Hizbulloh» harakati o‘rtasidagi janglar fonida Livanga favqulodda yordam ko‘rsatish uchun 1 milliard yevroga yaqin mablag‘ yig‘ildi. Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barroning 24 oktyabr, payshanba kuni aniqlik kiritishicha, 800 million yevro aholiga insonparvarlik yordami, 200 million yevro esa Livan qurolli kuchlarini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
Tadbirda 70 ga yaqin davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Germaniya 96 million yevro, Fransiya esa 100 million yevro ajratadi.
Iroq: G‘azo va Livandagi urush boshqa mintaqalarda yangi mojarolarga olib kelishi mumkin
Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn Isroilning G‘azo sektori va Livanga hujumlarini davom ettirishi mintaqada yangi mojarolarga olib kelishi mumkinligini aytdi.
Bu haqda u Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich bilan Zagrebda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Uchrashuvda Isroilning G‘azo va Livanga hujumlariga javoban umumiy pozitsiyani ishlab chiqish uchun muvofiqlashtirish zarurati muhokama qilindi.
Husayn G‘azo va Livandagi urushning davom etishi boshqa mintaqalarda yangi mojarolarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
TIV rahbari, shuningdek, bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun Isroilga bosimni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?
00:01 / 08.12.2024
Zelenskiy Parijda Tramp va Makron bilan uchrashdi
11:33 / 03.12.2024
Livan va Isroil bir-birini sulhni buzganlikda aybladi
15:02 / 02.12.2024