Jahon | 18:23 / 27.10.2024
23325
5 daqiqa o‘qiladi

Ukraina ham, Rossiya ham urushga xorijliklarni yubormoqda - fotosuratlar

Ukraina qurolli kuchlari safidagi xorijlik harbiylar Xarkiv oblastini himoya qilmoqda

Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan ko‘p vaqt o‘tmasdan Volodimir Zelenskiy butun dunyodagi ko‘ngillilarni Rossiya agressiyasiga qarshi kurashishda yordamga chorlagandi. 2022 yil martida Ukraina qurolli kuchlari Xorijiy legioniga 20 ming atrofidagi xorijlik yozildi. 2024 yil oktyabrida Ukrainada xorijliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslarga Ukraina qurolli kuchlari, Milliy gvardiya, Davlat maxsus transport xizmati kabi tuzilmalar bilan shartnoma tuzish hamda ofitserlik lavozimlarini egallashga imkon beruvchi qonun qabul qilindi. Quyida Ukraina qurolli kuchlarining 23-alohida o‘qchi batalyonidagi xorijlik harbiylar Xarkiv oblastida xizmat o‘tayotgani aks etgan fotosuratlar.

«Dima» chaqiruv belgili amerikalik harbiy
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Belgiyalik harbiy «Tonkiy» chaqiruv belgisini olgan
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Amerikalik harbiy ayol Neko
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Tayvandan kelgan harbiy Li. U keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon Ukrainada jang qilmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Xerson oblastidagi kubaliklar

Rossiyaning TASS davlat agentligi Ukrainaning Xerson oblastida jang qilayotgan Havo-desant qo‘shini 52-brigadasi artilleriyachilari fotosuratlarini e’lon qildi. Kadrga tushgan harbiylar orasida — kubalik Piyer-Antuan Subisarreta ham bor, TASS ma’lumotiga ko‘ra, u Rossiya fuqaroligini olgan va shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga yo‘l olgan. 2023 yil sentabrida Kuba rasmiylari ishtirokchilari Kuba fuqarolarini Rossiya tomonida turib Ukrainadagi urushda ishtirok etish uchun yollab kelgan odam savdosi bo‘yicha tarmoqni fosh qilgandi. Qayd etilishicha, urushga yollash ishlari Kubaning o‘zida hamda Rossiyada yashovchi kubaliklar orasida olib borilgan.

52-brigada artilleriyachilari Ukrainaning Xerson oblastining okkupatsiya qilingan qismida. 2024 yil 3 oktyabr
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
52-brigada artilleriyachisi Ukrainaning Xerson oblastining okkupatsiya qilingan qismida. 2024 yil 3 oktyabr
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
52-brigada artilleriya quroli Ukrainaning Xerson oblastining okkupatsiya qilingan qismida. 2024 yil 4 oktyabr
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
«Rossiya fuqaroligini olgan va RF qurolli kuchlarida xizmat qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan» kubalik Piyer-Antuan Subisarreta Xerson oblastida. 2024 yil 3 oktyabr
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia

Donetsk oblastini himoya qilayotgan ukrain jangchilari portretlari

Rossiya qo‘shini Donetsk oblastida yurishni davom ettirmoqda. Ukraina qurolli kuchlari jangchilari — erkaklar va ayollar, muntazam armiya harbiylari va ko‘ngillilar, faxriylar hamda anchadan buyon harbiy harakatlarda ishtirok etayotganlar frontning shu va boshqa uchastkalarida mudofaani ushlab turibdi. Quyida ularning Turkiyaning «Anadolu» agentligi reportyor tomonidan olingan ayrim portretlari.

Donetsk oblasti, 2024 yil 21 oktyabr. Fotoda artilleriya bo‘linmasi komandiri. Harbiy akademiya bitiruvchisi bo‘lgan bu ayol besh oydan buyon oldingi chiziqda jang qilmoqda
Fermin Torrano / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblasti, 2024 yil 21 oktyabr. Ukraina qurolli kuchlari jangchisi pozitsiyani artilleriya uchun tayyorlamoqda
Fermin Torrano / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblasti, 2024 yil 21 oktyabr. Ukrainalik artilleriyachi Rossiya qo‘shini pozitsiyalariga o‘t ochishga buyruq kutmoqda
Fermin Torrano / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblasti, 2024 yil 19 oktyabr. Havo hujumidan mudofaa tizimi mobil guruhi jangchisi atrofni qo‘riqlamoqda
Fermin Torrano / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblasti, 2024 yil 19 oktyabr. Havo hujumidan mudofaa tizimi mobil guruhi jangchisi
Fermin Torrano / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblasti, 21 oktyabr. Ukraina QK jangchisi front chizig‘ida. Bu fotosuratlarda aks etgan harbiylar ma’lumotlari hamda suratlar olingan joylar xavfsizlik nuqtayi nazaridan ochiqlanmagan
Fermin Torrano / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid