O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
Xorijlik talabalarning eng ko‘pi Hindiston fuqarolari bo‘lib, ularning umumiy soni 5733 nafarni tashkil etgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili boshiga O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida 10 845 nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda.
O‘zbekiston OTMda tahsil olayotgan xorijlik talabalarning davlatlar kesimida taqsimlanishi:
· Hindiston – 5733 nafar;
· Pokiston – 1358 nafar;
· Turkmaniston – 904 nafar;
· Rossiya – 750 nafar;
· Qozog‘iston – 537 nafar;
· Tojikiston – 285 nafar;
· Qirg‘iz Respublikasi – 285 nafar;
· Afg‘oniston – 196 nafar;
· Xitoy – 182 nafar;
· Koreya Respublikasi – 176 nafar;
· Kanada – 124 nafar;
· Boshqalar – 315 nafar.
Mavzuga oid
13:24
Statistika kuzatuvlari jarayoniga oliy ta’lim muassasalari jalb etiladi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
20:42 / 21.12.2024
Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi
20:30 / 13.12.2024