Sport | 09:34 / 03.11.2024
12726
3 daqiqa o‘qiladi

Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi

Super o‘rta vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan Bektemir Meliqo‘ziyevning bu galgi raqibi amerikalik Devid Stivens bo‘ldi. 

Ikkinchi o‘rta vazn toifasidagi o‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (15-1, 10 KO) amerikalik Devid Stivens (14-2, 10 KO)ga qarshi chempionlik kamari uchun saralash jangini o‘tkazdi. 

Stivens Meliqo‘ziyevga tezlik borasida yeta olmadi. O‘zbekistonlik bokschi o‘z uslubida raqibning tana qismiga tajovuzkorlik bilan hujum uyushtirdi va yaqin masofadan kross zarbalar berishga tayandi. Raqib buni oldindan ko‘rib turishi mumkin bo‘lsa ham zarbalarni o‘tkazib yubordi. U nisbatan sust harakatlandi.

Stivens ba’zida jyeb zarbalar yo‘lladi. U hatto jang favoritining burniga kuchli zarba yo‘llab, uni ko‘proq oyoqda ishlashga majbur qildi. Jang o‘rtalariga borib Meliqo‘ziyev charchagandek ko‘rindi va nafas olishda qiynala boshladi, g‘alati qarorlar qabul qila boshladi. Masalan, o‘rta masofada zarbalar almashuviga rozi bo‘ldi. Shu tufayli jang teng ko‘rinish oldi.

Keyin yana raqib korpus qismiga zarbalar berishga kirishdi. Uning yuzi bejalgandi, ammo texnikadagi ustunlik, manyovr qilish qobiliyati va raqibini burchakka taqib qo‘yishi jangi g‘alabaga olib borishni ta’minladi. Stivens esa oldingi raundlardagi korpusga muvaffaqiyatli zarbalarini takrorlay olmadi. Amerikalik hakamlarning kartalaridagi ochkolarga ko‘ra ortda borayotganini tushunib turgan holda va-bankka borishi talab etilardi, ammo u bunday qilmadi.

O‘n ikki raund to‘liq davom etgan murosasiz jangda Meliqo‘ziyev hakamlarning farqli qarori bilan ochkolar hisobiga ko‘ra (118-110, 117-111, 112-116).

 Foto: Cris Esqueda / Golden Boy

Endi u ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBA chempionlik kamari uchun rasmiy va majburiy da’vogarga aylandi. 

Bu Bektemir Meliqo‘ziyevning faoliyatidagi 15-g‘alabasi bo‘ldi.

Mavzuga oid