Nyu-York shahri rasmiylari qurg‘oqchilik tufayli aholini suvni tejashga chaqirdi
O‘tgan oktyabr oyida Nyu-Yorkda yog‘ingarchilik bo‘lmagan 1869 yildan beri ikkinchi eng uzun davr kuzatilgan.
AQSh Nyu-York shahri ma’muriyati qurg‘oqchilik xavfi borligini e’lon qildi. Shahar meri veb-saytiga ko‘ra, o‘tgan oktyabr oyida Nyu-Yorkda 1869 yildan beri yog‘ingarchilik bo‘lmagan ikkinchi eng uzun davr kuzatilgan.
Shahar meri Erik Adams aholini iloji boricha suvni tejashga chaqirdi. Rasmiylar, shuningdek, shahar xizmatlariga tejash rejimiga o‘tishni buyurdi.
«Hozir suvni tejashni boshlash orqali biz yozda parklarni sug‘orish va hovuzlarni to‘ldirish va yanada og‘irroq qurg‘oqchilik holatining oldini olish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz», dedi Adams.
The New York Times ta’kidlaganidek, hozircha shahar ma’muriyatining chaqirig‘i nyu-yorkliklar tomonidan suvdan foydalanish bo‘yicha hech qanday cheklovlarni nazarda tutmaydi.
Suvni tejash bo‘yicha tavsiyalar shahar meriyasi saytida e’lon qilingan. Tavsiyalarga cho‘milish jarayonini tezlashtirish, idishlarni yuvishda suvni tejash, suv oqayotgan kranlarni tuzatish va gidrantlardagi nosozliklar haqida xabar berish kiradi.