Jamiyat | 14:57 / 05.11.2024
3262
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yonib ketdi 

Yong‘inga yuk mashinasining nosoz old g‘ildiragi chiqib ketishi sabab bo‘lgan. Oqibatda dovon yo‘lining “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakat vaqtincha cheklangan. Bu 2 kun ichidagi ikkinchi shunday holat.

Foto: Videodan kadr

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonishi bilan bog‘liq yana bir holat sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 5 noyabr kuni soat 13:30larda Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 258-kilometrida sodir bo‘lgan. “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasida old g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida yong‘in chiqqan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Voqea joyida Qamchiq dovoni bo‘yicha YPX otryadi va FVV xodimlari holatni nazoratga olgan.

Ushbu yo‘nalishda harakat vaqtinchalik to‘xtatilgan. Yong‘in o‘chirilgach, harakat zudlik bilan ochilishi bildirilgan. 

2 kun oldin, 3 noyabr kuni ham Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketgan edi. Unda “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida vaqtinchalik harakat to‘xtatilgandi.

Mavzuga oid