DSQga qanday masalalarda eng ko‘p murojaat kelib tushayotgani aytildi
Soliq qo‘mitasiga 2024 yil yanvar-oktyabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan 47 mingta murojaat kelib tushgan.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, shundan 85,3 foiz (40 098 ta) murojaat elektron shaklda bo‘lsa, 9,5 foizi (4 465 ta) og‘zaki va 5,2 foizi (2 436 ta) yozma tarzda amalga oshirilgan. Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hududlar Toshkent shahri (15 423 ta), Toshkent (4 025 ta) va Qashqadaryo viloyatlari (3 822 ta) bo‘lgan.
Murojaatlarda keltirilgan masala turlari:
- soliqlarga oid tushuntirish berish — 26 637 ta;
- soliqlardan ozod qilish va imtiyozlar berish — 1922 ta;
- tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari — 304 ta;
- tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatidagi qonunbuzarliklar — 378 ta;
- boshqa masalalar — 17 758 ta.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 45 mingga yaqini hal etilgan. 672 tasi tegishli tashkilotlarga yuborilgan, 241 tasi o‘rganish jarayonida o‘z tasdig‘ini topmagan, 60 tasi anonim bo‘lgani uchun ko‘rmasdan qoldirilgan. Mingdan ortiq murojaat muddatida ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
07:40 / 02.12.2024
Savdo korxonalari 10 oyda qancha soliq to‘lagani aytildi
23:10 / 22.11.2024
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi
12:27 / 22.11.2024
Bir qator yirik soliq to‘lovchilarning davlat budjetidagi ulushi qisqaradi
23:36 / 20.11.2024