Jahon banki vakili O‘zbekistonning COP29’dagi pavilyoni bilan tanishdi
Jahon bankining O‘zbekiston atrof-muhiti bo‘yicha global direktori Valeri Hikey qo‘shma hamkorlik va COP29 global iqlim konferensiyasi doirasida taqdim etilgan mamlakat Milliy pavilyoni haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Afsuski, O‘zbekistonda Markaziy Osiyoning eng muhim xavflaridan biri – Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq muammo mavjud. O‘zbekiston bu borada prezident Shavkat Mirziyoyev va vazir Aziz Abduhakimov boshchiligida vaziyatni o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rmoqda.
Jahon banki O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan va o‘z tajribasini boshqa mamlakatlar bilan o‘rtoqlashishdan mamnun.
Aytishim kerakki, bu yerda juda ko‘p pavilyonlar bor, lekin O‘zbekiston pavilyoni nafaqat estetik nuqtayi nazardan, balki ekologik nuqtayi nazardan ham juda go‘zaldir. Chunki bu pavilyon an’anaviy qurilish uslublari qanchalik aql bovar qilmas va bardoshli ekanini ko‘rsatadi», deydi Jahon banki vakili.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Valeri Hikey bilan uchrashib, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni yaratish va chiqindilar bilan bog‘liq bir qator dolzarb masalalarni muhokama qilgan edi.
Mavzuga oid
16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
18:06 / 15.12.2024
Xitoy eng katta cho‘lni 3 ming kilometrlik «yashil belbog‘» bilan o‘radi
09:24 / 12.12.2024
Turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirishga oid o‘quv seminari boshlandi
13:14 / 05.12.2024