Britaniya O‘zbekistonda davlat kompaniyalarini xususiylashtirishda qatnashmoqchi
Joriy yilning 11-14 noyabr kunlari Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshchiligidagi delegatsiyaning Londonda bo‘lib o‘tgan "Jahon bozorlari sari yo‘l: IPO va Yevroobligatsiyalar – Pathway to Global Markets: IPO and Eurobonds forumida ishtiroki tashkil etildi.
Forumda London fond birjasi, Franklin Templeton Investmens, PwC, Barclays, Deutsche Bank, Citibank, J.P.Morgan, WOOD&Co, Santander, Fieldfisher yetakchi xalqaro kompaniyalar hamda mamlakat moliya tashkilotlari ishtirok etdi.
Tadbirda respublikada qayta tiklanadigan energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, elektrotexnika, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati va ta’lim sohalarida aniq investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Ishtirokchilar so‘nggi yillarda O‘zbekistonda investitsiyaviy muhit sezilarli darajada yaxshilanganligini, xalqaro kompaniyalarning mamlakatimizda biznes yuritishga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladilar. Xorij tomoni, shuningdek, moliya-bank, ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, yirik davlat kompaniyalarining xususiylashtirish jarayonida qatnashishga qiziqish bildirdi.
Forum yakunlariga ko‘ra, respublika yirik sanoat korxonalarining kelgusida London fond birjasi bilan qimmatli qog‘ozlarni sotuvga qo‘yish va IPO o‘tkazishga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
15:34 / 18.12.2024
Britaniyaning nufuzli universitetlaridan biri O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtiryapti
11:35 / 09.12.2024
Britaniya Yangi Toshkentda barpo etiladigan obektlarni loyihalashda ishtirok etmoqchi
12:00 / 02.12.2024
Britaniya O‘zbekiston metallurgiya sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
11:14 / 02.12.2024