Jamiyat | 07:30 / 26.11.2024
1821
1 daqiqa o‘qiladi

428 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida joylashgan “O.O.” fermer xo‘jaligi mas’ullari tomonidan elektr qurilmalarini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi. 

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 428,1 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid