O‘zbekiston | 08:50 / 27.11.2024
16799
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

47 yoshli o‘zbekistonlik qurilish maydonida ishlayotganda tomdan tushib ketgan.

Foto: 78.ru

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Murom ko‘chasida qurilish vaqti O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Marhum o‘zbekistonlik 47 yoshli muhojir bo‘lib, qurilish kompaniyasiga montajchi bo‘lib ishga kirgan. 

Qurilish maydonida ishlayotganda u tomdan yiqilib tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ishchida himoya vositalari bo‘lmagan. Bundan tashqari, qurilish jarayonida sug‘urta tizimi ham qo‘llanmagan.

Mavzuga oid