Zelenskiy: «YeI va AQSh bilan birgalikda urushni 2025 yilda tugatamiz»
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, urush «tez» tugashi mumkin, ammu bu «boshqa yetakchilarning qarorlari va ishtirokiga bog‘liq».
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kelasi yili Rossiyaga qarshi mudofaa urushini olib borish uchun «barcha imkoniyatlar»ni ko‘rmoqda. Bu haqda u Sky News’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Biz Yevropa, AQSh va albatta, Ukraina bilan birgalikda buni amalga oshira olamiz», — deydi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp RF prezidenti Vladimir Putinga katta bosim o‘tkaza oladi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, urush «tez» tugashi mumkin, ammu bu «boshqa yetakchilarning qarorlari va ishtirokiga bog‘liq».
Shuningdek, Zelenskiy AQSh Kiyevdan safarbarlik yoshini pasaytirishni talab qilgani to‘g‘risidagi xabarga izoh berar ekan, «haqiqiy muammo» bu xalqning yetishmayotganida emas, balki g‘arbdagi ittifoqchilar yetarlicha harbiy yordam ko‘rsatmayotganida ekanini aytdi.
Ukraina yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u G‘arbdan «bir yildan oshiqroq vaqt oldin» Ukraina Qurolli kuchlarining 10 ta brigadasini ta’minlashni so‘ragan, ammo hozirgi kunga kelib ularning faqat 2,5 tasi qurollantirilgan. «Yevropalik yoki amerikalik amaldorlarda safarbarlikni tezlashtirish rejasi bo‘lsa, sheriklarimiz o‘z ishini, biz esa o‘zimizning ishni qilishimizni xohlayman», — deydi Zelenskiy.
Intervyu davomida Zelenskiy Kiyev mamlakatning nazorat ostidagi hududlari «NATO zonasi ostiga» olinsa, urushning «qaynoq fazasini» to‘xtatishga rozi bo‘lishini ma’lum qildi. Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina mamlakatning bosib olingan hududlarini kelishuv orqali qaytarib olishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOga a’zolik boshqa hududlarni egallab olish uchun Putinning «qaytib kelishiga» yo‘q qo‘ymaydi.
Mavzuga oid
21:42
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024