Ternopilda RF dronining uyga kelib urilishi oqibatida qurbonlar qayd etildi
Ternopil merining so‘zlariga ko‘ra, «halok bo‘lganlar va og‘ir yaralanganlar bor», yong‘in besh qavatli binoning yuqori uch qavatidagi xonadonlarni qamrab olgan. Rasmiylar jabrlanganlarni evakuatsiya qilmoqda.
2 dekabr, dushanbaga o‘tar kechasi Ternopilda Rossiya havo kuchlarining navbatdagi hujumi natijasida dron kelib urilganidan so‘ng, 5 qavatli turar joy binosida yong‘in kelib chiqdi, qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Bu haqda shahar meri Sergey Nadal Telegramʼda ma’lum qildi. «Dushman uchuvchisiz uchog‘i turar joy binosiga kelib urilganidan so‘ng, yong‘in yuqori, beshinchi qavat va qisman uchinchi va to‘rtinchi qavatlardagi xonadonlarni qamrab oldi. Kvartiralari zarar ko‘rgan ternopilliklar uchun vaqtincha yashash joylarini tayyorlayapmiz», — deb yozdi mer mahalliy vaqt bilan soat 04:00 (Toshkent vaqti bilan 08:00)da va tafsilotlarga keyinroq oydinlik kiritishga va’da berdi.
O‘z navbatida, Ternopil OHM raisi Vyacheslav Nagoda Facebookʼda Rossiya zarbasi natijasida bir kishi halok bo‘lgani va bir necha kishi jarohatlangani haqida xabar berdi. «Yong‘inni o‘chirish va uy aholisini evakuatsiya qilish va joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u.
Ternopil o‘tgan hafta elektr energiyasiz qolgandi
Rossiyaning o‘qqa tutishi natijasida 26 noyabr kuni Ternopil elektr ta’minotisiz qoldi. Shaharda suv ta’minoti ham uzilib, jamoat transporti harakati to‘xtatildi, dedi Nadal. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Ternopilga keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri eng katta zarar yetkazgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q, biroq muhim infratuzilma va bir nechta uylarga zarar yetgan.
Mavzuga oid
12:55 / 21.12.2024
Tatariston bo‘ylab dronlar hujumi kuzatildi
15:33 / 18.12.2024
AQShdagi sirli dronlar: ular haqida nimalar ma’lum?
16:14 / 14.12.2024
OAV: Germaniya uzra RF harbiy dronlari uchib o‘tgan bo‘lishi mumkin
15:12 / 13.12.2024