Jahon | 20:58 / 04.12.2024
7759
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda yirik sug‘urta kompaniyasi bosh direktori otib o‘ldirildi

Brayan Tompson Nyu-York mehmonxonalaridan biri yonida qotillik qurboni bo‘ldi.

Foto: CNN

AQSh UnitedHealthcare sug‘urta kompaniyasining bosh direktori Brayan Tompson Manhettenda otib o‘ldirildi.

CBS News xabariga ko‘ra, 4 dekabr kuni ertalab noma’lum qora niqobli shaxs 50 yoshli Tompsonga Nyu-York mehmonxonalaridan biri yonida o‘q uzgan.

UnitedHealthcare kompaniyasi vakilining aytishicha, mehmonxonada investorlar konferensiyasi o‘tkazilishi lozim bo‘lgan.

Politsiya manbalarining aytishicha, qotil Tompsonga qarata bir marta o‘q uzgan. Bu, ehtimol, qotillik qasddan sodir etilganidan dalolat beradi. Hujum qilgan shaxs qidirilmoqda va uning maqsadi aniqlanmoqda.

UnitedHealthcare Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik tibbiy sug‘urta kompaniyasidir. AQSh va boshqa mamlakatlarda 100 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatib, sug‘urta mukofotlari bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyasi hisoblanadi.

Mavzuga oid