Yevropa Ittifoqi Gurjiston bilan vizasiz rejimni bekor qilishi mumkin
Niderlandiya hukumati Yevropa Ittifoqi rahbariyatiga Gurjiston bilan vizasiz rejimni bekor qilish taklifini berdi.
Niderlandiya hukumati Yevropa Ittifoqi rahbariyatiga Gurjiston bilan vizasiz rejimni bekor qilish taklifini berdi. Bu mamlakat hukumati yevrointegratsiyani bekor qilganidan keyin boshlangan norozilik namoyishi ishtirokchilari kuch bilan tarqatilgani bilan bog‘liq, deydi Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Kaspar Veldkamp.
«Namoyishchilar va jurnalistlarga qarshi zo‘ravonlik, shuningdek, Gurjistonda siyosatchilarning hibsga olinishi nomaqbul ish. Mana nima uchun Niderlandiya YeIni Gurjiston bilan vizasiz rejimni to‘xtatishga chaqiradi», — deb yozadi Veldkamp X ijtimoiy tarmog‘iga. Shuningdek, u Litva, Latviya va Estoniya tomonidan «Gurjiston orzusi» partiyasi asoschisi va respublikaning yuqori martabali amaldorlariga qo‘llangan sanksiyalarni olqishladi.
Shuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 5 dekabr kuni Gurjistonning amaldagi hukumati ayrim vakillariga qarshi sanksiyalar joriy etilishini e’lon qilgandi. Imzolangan qarorda 19 nafar siyosatchining ismi keltirilgan — Kiyev ularni Tbilisidagi norozilik aksiyasi ishtirokchilarini kuch bilan tarqatishga aloqador deb hisoblamoqda.
O‘z navbatida, Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken ham AQSh gruzin hukumatiga nisbatan sanksiyalar joriy etishga tayyorligini ma’lum qilgan. «Gurjistondagi demokratik jarayonlar yoki institutlarga putur yetkazayotganlar, jumladan, Gurjiston fuqarolarining tinch yig‘inlar va so‘z erkinligi huquqini bo‘g‘uvchilar javobgarlikka tortiladi», — degan Blinken. U hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasini fuqarolarga nisbatan repressiya, hibsga olishlar va zo‘ravonlikni to‘xtatishga, shuningdek, mitingda hibsga olinganlarni ozod etishga chaqirgan.
Mavzuga oid
11:31
Zurabishvili: Gurjiston prezidenti va bosh qo‘mondoni bo‘lib qolaman
19:23 / 22.12.2024
Gurjiston bosh vaziri Kobaxidze prezident Zurabishviliga jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qildi
13:47 / 21.12.2024
Yevrokengash bosh kotibi: Tbilisi tashqi ta’sirga oid qonunni o‘zgartirishga va’da berdi
20:54 / 20.12.2024