O‘zbekiston | 12:30 / 11.12.2024
1234
2 daqiqa o‘qiladi

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistondagi sanitariya va fitosanitariya shartlari to‘g‘risida Jahon savdo tashkiloti a’zo davlatlarini xabardor qilish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi:                                                

  • oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, qoidalar, nizomlar to‘g‘risida JST a’zo davlatlarini muntazam xabardor qilishni ta’minlash;                                
  • sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari to‘g‘risidagi loyihalarni e’tiroz va takliflar olish uchun JST a’zo davlatlariga yuborish;                       
  • JST a’zo davlatlarining e’tiroz yoki takliflari va qarshiliklari asosida chora-tadbirlar loyihalarini qayta ishlash uchun tashabbuskor vakolatli davlat organlariga kiritish;                                                                 
  • JST a’zo davlatlari va manfaatdor tomonlarning asoslangan so‘rovlariga javoblar yuborish.
  •  

Prezident farmoniga muvofiq, Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bitimi (SPS Agreement) talablaridan kelib chiqqan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining markaziy apparatida 3 ta shtat birligidan iborat Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari bo‘yicha Axborot markazi tashkil etildi.

Mavzuga oid