Ukraina Duma spikeri Volodinni sirtdan 15 yilga hukm qildi
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumini tayyorlashda bevosita ishtirok etgan va urushni ochiq qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda, deya ma’lum qildi SBU.
Ukraina sudi Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinga nisbatan sirtdan hukm chiqarib, uni 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Volodin Ukrainaning hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz qilish taqiqini buzganlikda aybdor deb topildi, deya ma’lum qildi Volodin ishi bo‘yicha dalillarni to‘plagan Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) 12 dekabr, payshanba kuni.
Volodin Ukrainaga qarshi urushga tayyorgarlikda ishtirok etgan
Duma spikeri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ishonchli odami sifatida «Rossiyaga keng ko‘lamli hujumini tayyorlashda bevosita ishtirok etgan», deyiladi idora bayonotida. 2022 yil 15 fevralda u Putinga «Donetsk va Luhansk xalq respublikalari»ning «mustaqilligini» tan olish so‘ralgan murojaatnomani ovozga qo‘ydi, bu qarorni ochiq qo‘llab-quvvatladi va deputatlar tomonidan zarur yordamni taqdim etdi, deya ta’kidlaydi SBU.
Keyinchalik Volodin Ukrainaning ushbu bosib olingan hududlari bilan «do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam shartnomasi» ratifikatsiyasini tashkillashtirdi. «Keyinchalik Kreml Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlash uchun Volodinning «qonunchilik tashabbuslaridan» foydalangan», deyiladi bayonotda.
Duma spikeri urushni ochiq qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda
Bundan tashqari, Duma spikeri Ukraina hududlarining ishg‘ol qilinishini «oqlashda davom etmoqda» va qo‘shni davlatga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlaydi, bu haqda u quyi palata yig‘ilishlarida va tashviqot kanallari efirida tez-tez ta’kidlaydi, deya ma’lum qildi Ukraina maxsus xizmati.
Hukm ijrosi Volodin amalda qo‘lga olingan kundan boshlanadi.
Mavzuga oid
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05 / 26.12.2024
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024