30 mingta holatda kunduzi behuda yoniq turgan chiroqlar o‘chirildi - Energoinspeksiya
Energoinspeksiya va prokuratura xodimlari kunning yorug‘ vaqtida elektr energiyasini behuda sarflash bilan bog‘liq 30 mingga yaqin holatlarni aniqlab, salkam 3 ming nafar mansabdor shaxs ustidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirdi.
O‘zenergoinspeksiya va Bosh prokuratura hamkorligida energiya resurslarini behuda sarflashning oldini olish va unga barham berish bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Inspeksiya matbuot xizmatiga ko‘ra, nazorat tadbirlari davomida kunning yorug‘ vaqtida elektr energiyasini behuda sarflash bilan bog‘liq 30 mingga yaqin holatlar aniqlangan. Natijada oyiga 4 mln kWh elektr energiyasi iqtisod qilingan.
Energiya resurslarini behuda sarflashda ayblangan 2 996 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudlarga yuborilgan.
Mavzuga oid
22:57 / 21.12.2024
Farg‘onadagi portlash, Jizzaxga yangi hokim va kadastrdan tadbirkorlarga “qora xat” - hafta dayjesti
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
20:11 / 19.12.2024
Xalq iste’dodi, vaqti va imkoniyatlarini yo‘qotayotgan muammo
19:28 / 18.12.2024