O‘zbekiston | 07:09 / 14.12.2024
2260
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi

13 dekabr kuni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘lib turgan Abdulla Aripov mazkur yig‘ilishda kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etdi.

Shuningdek majlisda Rossiya hukumati raisi M.Mishustin, Belarus bosh vaziri R.Golovchenko, Qozog‘iston bosh vaziri O.Bektenov, Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi A.Japarov, Armaniston bosh vaziri N.Pashinyan, video-murojaat orqali Kuba bosh vaziri M.Kruz qatnashdi.

O‘zbekiston kuzatuvchi maqomida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan ko‘p tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligi bildirildi.

2024 yilning o‘n oyi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 12 foizga o‘sdi.

So‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasida investitsiya, transport-logistika, turizm sohalarida o‘sish kuzatildi.

Bunda ayniqsa, “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” xalqaro transport yo‘lagi yaratilgani muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Oktyabr oyida Yerevanda bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha imzolangan uch yillik Qo‘shma harakatlar rejasini amalga oshirish boshlangani shuningdek, kelgusi bahorda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va YeOII Ishbilarmonlar kengashining qo‘shma majlisi, shuningdek, O‘zbekiston hukumati va Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishini tashkil etish bo‘yicha faol tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Majlisda O‘zbekiston tomoni ishtirokchilarni Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining so‘nggi yig‘ilishida ilgari surgan tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Mavzuga oid