OpenAI kompaniyasini qonunbuzarlikda ayblagan sobiq xodimi o‘lik holda topildi
Suchir Balaji ChatGPT dasturchilarini mualliflik huquqi qonunlarini buzganlikda aybladi.
OpenAI kompaniyasining sobiq xodimi Suchir Balaji San-Fransiskodagi kvartirasida o‘lik holda topildi. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan, deb yozdi The Times of India.
Suchir Balaji 2024 yil yozida kompaniyani tark etdi va oktyabr oyida ChatGPT dasturchilarini mualliflik huquqi qonunlarini buzganlikda aybladi. Uning ta’kidlashicha, OpenAI boshqa odamlarning kontentidan ruxsatsiz foydalanmoqda.
2023 yil oxirida The New York Times OpenAI va Microsoft kompaniyalariga qarshi sudga murojaat qildi. Nashr ChatGPT boti mualliflarini mualliflik huquqini buzish va jurnalistik materiallardan noqonuniy foydalanishda aybladi. Gazetaning pozitsiyasiga ko‘ra, ChatGPT va Bing Chat til modellari «nashrga tegishli millionlab yangiliklar, surishtiruvlar, fikr-mulohaza ustunlari, sharhlar va boshqa materiallardan nusxa ko‘chirish va ulardan foydalanish» orqali yaratilgan. Shu bilan birga, jurnalistlar o‘z materiallaridan foydalanishga ruxsat bermagan, deyiladi da’vo arizasida.
Mavzuga oid
00:05 / 23.12.2024
ChatGPT bepul qo‘ng‘iroqlar va yozishmalar uchun telefon raqamiga ega bo‘ldi
22:17 / 20.12.2024
Italiyada OpenAI kompaniyasi 15 mln yevro jarimaga tortildi
21:08 / 30.11.2024
Kanadadagi yirik yangiliklar agentliklari OpenAI’ni sudga berdi
17:36 / 16.11.2024