Toshkentda O‘zbekiston-Latviya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
Toshkentda O‘zbekiston-Latviya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, Latviya delegatsiyasiga Latviya davlat kotibi o‘rinbosari – Tashqi ishlar vazirligining siyosiy direktori Ivars Lasis boshchilik qildi.
Maslahatlashuvlar davomida tomonlar dolzarb masalalarni va O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni faollashtirish va kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy soha, mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar aloqalar, shuningdek, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlatning xalqaro maydondagi o‘zaro hamkorligi ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha turli darajadagi tashriflar almashinuvini birgalikda ishlab chiqish, ikki tomonlama munosabatlarning zamonaviy huquqiy asoslarini shakllantirish, madaniyat va ta’lim sohasidagi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini 2025 yilda Rigada o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
12:04 / 16.12.2024
Latviyada FBK da’volari tekshirilgach korrupsiya aniqlanmadi
13:11 / 23.11.2024
O‘zbekiston va Shveytsariya shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib oldi
14:54 / 21.11.2024
O‘zbekiston va Daniya o‘rtasida birinchi siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi
00:33 / 09.10.2024