Jahon | 07:20 / 14.12.2024
6355
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy G‘arbni Rossiya zarbalaridan keyin chora ko‘rishga chaqirdi

Ukraina prezidenti G‘arb ittifoqchilarini Rossiya armiyasi tomonidan navbatdagi o‘qqa tutishdan keyin Moskvadagi barqarorlikdan ko‘ra ko‘proq o‘z xavfsizligi haqida qayg‘urishga chaqirdi.

Foto: Gleb Garanich / Reuters

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya armiyasining Ukrainaga navbatdagi hujumidan so‘ng G‘arbni chora ko‘rishga chaqirdi. «Rossiya har safar mamlakatimizga yangi hujumlar uyushtirganida, bu obektiv zaruratni ta’kidlaydi: Putinga muvaffaqiyat qozonmasligini ko‘rsatadigan qadamlar», — dedi u 13 dekabr, juma kuni ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilgan videomurojaatida.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin urushni tugatish yo‘llarini izlash o‘rniga raketalardan foydalanishda davom etmoqda. «Biroq, bizning hamkorlarimiz Moskvada bunday shaxslarning barqarorligini qanday ta’minlash haqida o‘ylamasliklari kerak, aksincha, o‘zlari va butun dunyo uchun barqarorlikni ta’minlashga e’tibor qaratishlari kerak», — dedi Ukraina prezidenti.

13 dekabrda Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga hujumi

13 dekabr kuni erta tongda Rossiya armiyasi 94 ta raketa va 200 ga yaqin dron yordamida Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi. Butun mamlakat bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.

Volodimir Zelenskiy Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini ortiqcha yuklamoqchi bo‘lganini va hujum sovuq havoga to‘g‘ri kelganini aytdi. «Har bir raketa energetika infratuzilmasiga qaratilgan edi, biroq himoyachilarimizning aniqligi va havo hujumidan mudofaa tizimlarimizning ishonchliligi tufayli ko‘plab insonlarning hayoti saqlab qolindi», — dedi Ukraina rahbari.

Mavzuga oid