Jahon | 14:44 / 17.12.2024
6550
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA Ukraina xaritasini Qrimsiz ko‘rsatganidan «afsusda»

Ukraina futbol associatsiyasi o‘z saytida FIFAning o‘z da’volariga javobini e’lon qildi. Avvalroq, JCh-2026 saralash turniriga qur’a tashlash marosimida mamlakat xaritasi Qrimsiz ko‘rsatilgan edi.

Foto: Ennio Leanza/KEYSTONE/picture alliance

FIFA xalqaro futbol federatsiyasi Ukraina futbol assotsiatsiyasiga (UFA) 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash turniriga qur’a tashlash marosimi chog‘ida Qrimning mamlakat xaritasida yo‘qligi haqidagi shikoyati yuzasidan javob berdi. UFA 15 dekabr, yakshanba kuni o‘z saytida FIFAga a’zo assotsiatsiyalar bilan ishlash bo‘yicha direktor Elxan Mamedov imzolagan xatni e’lon qildi.

Xatda aytilishicha, infografikani uchinchi shaxs tayyorlagan. FIFAning qo‘shimcha qilishicha, vaziyatni to‘g‘rilash uchun allaqachon choralar ko‘rgan va kelajakda bunday holat takrorlanmasligi uchun ichki tekshiruv boshlangan. «Biz ushbu mavzuning nozikligini to‘liq tushunamiz va garchi voqea qasddan sodir bo‘lmagan bo‘lsa ham, u sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday tashvish uchun chin dildan afsusdamiz», deb tushuntirdi federatsiya.

JCh-2026 saralashiga qur’ada Ukraina xaritasi Qrimsiz ko‘rsatildi

2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash turniriga qur’a tashlash marosimida videoda Ukraina xaritasi Qrim yarimoroli aks ettirilmagan holda ko‘rsatilgan edi. Shundan so‘ng, UFA FIFA va UYeFA Yevropa futbol ittifoqiga shikoyat qilgan.

2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Uning uchun saralash turnirida Ukraina terma jamoasi Fransiya – Xorvatiya juftligi g‘olibi, Islandiya va Ozarboyjon terma jamoalari bilan to‘qnash keladi. Gurjiston jamoasi Turkiya, Bolgariya va Ispaniya yoki Niderlandiyaga qarshi o‘ynaydi; Qozog‘iston — Belgiya, Uels, Shimoliy Makedoniya va Lixtenshteyn bilan. Germaniya terma jamoasi yo Slovakiya, Shimoliy Irlandiya va Lyuksemburg, yoki Norvegiya, Isroil, Estoniya va Moldova bilan bir guruhdan joy oladi.

Mavzuga oid