O‘zbekiston | 12:16 / 17.12.2024
710
1 daqiqa o‘qiladi

Ma’muriy-hududiy birliklar davlat reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi

Reyestr Kadastr agentligi tomonidan yuritiladi.

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston ma’muriy-hududiy birliklari davlat reyestrini yuritish va ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartiblarini belgilash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Reyestr quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

  • ma’muriy-hududiy birliklarning toifalari va nomlari;
  • hudud kodi;
  • ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlari;
  • ma’muriy-hududiy birliklarning tavsiflari va kartografik chizmalari;
  • ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish va ularning chegaralarini o‘zgartirish, bo‘ysunuvini o‘zgartirish sanalari;
  • doimiy aholi soni va boshqalar.

Reyestr Kadastr agentligi tomonidan yuritiladi.

Hujjat bilan:

  • O‘zbekiston ma’muriy-hududiy birliklari davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 
  • ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom;
  • ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Mavzuga oid