Anapa yaqinida mazut bilan ifloslanish maydoni deyarli 50 kmga oshdi
"Kedr.media" xabariga ko‘ra, Anapadagi plyaj mavsumi neftning to‘kilishi tufayli ikki yilga to‘xtab qolishi mumkin.
Mazutning to‘kilishi natijasida qirg‘oq chizig‘ining neft mahsulotlari bilan ifloslanishi Temryuk rayoni va Anapada 49 kmgacha oshdi. Bu haqda 18 dekabr, chorshanba kuni Krasnodar o‘lkasi tezkor shtabining Telegramʼdagi sahifasida ma’lum qilindi.
15 dekabr kuni Rossiyaning ikki yuk kemasi Qrim qirg‘oqlari yaqinidagi Kerch bo‘g‘ozi yaqinida cho‘kib ketdi. Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, "Volgoneft 212" tankeri shikastlangan va qumloqqa o‘tirib qolgan, "Volgoneft 239" esa zarar ko‘rganidan so‘ng "dreyfga tushgan".
Vitse-gubernator Aleksandr Nesterenko Anapa shahrida operativ shtab yig‘ilishini o‘tkazdi.
Ifloslanish zonasi to‘rt sektorga bo‘lingan
Ifloslangan hududlar to‘rt sektorga bo‘lingan — biri Solenoye ko‘lidan Veselovka qishlog‘igacha, Bugaz hududidan Blagoveshchenskoyedagi markaziy plyajgacha, ushbu plyaj va Vityazevo qishlog‘i o‘rtasida, ushbu aholi punkti plyajidan Anapa markaziy plyajigacha.
Ishda shahar qutqaruv xizmati, mintaqaviy "Kuban-SPAS" jamoasi, "Chernomortransneft" va KTK kompaniyalari, shuningdek ko‘ngillilar ishtirok etmoqda. Anapadan neft mahsulotlarini olib chiqish uchun 15 samosval jo‘natildi. Ko‘ngillilar uchun respiratorlar va baland rezina poyabzal qidirilmoqda.
Mazut maxsus qayta ishlash uchun Beliy xutoriga yetkaziladi. Temryuk rayoni va Anapada qum bilan qariyb 80 tonna neft mahsulotlari yig‘ildi, deya xabar berdi tezkor shtab. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, xavfli zonada 10 minggacha parranda bor.
Anapada sohildagi neft mahsulotlari tufayli favqulodda holat joriy etildi
Rossiyaning Qora dengiz sohilidagi Anapa shahrida 15 dekabr kuni Qrim qirg‘oqlari yaqinida ikki tankerning halokatga uchrashi oqibatida qirg‘oq chizig‘iga neft mahsulotlari chiqishi munosabati bilan favqulodda holat joriy etildi. Bu haqda 17 dekabr kuni Anapa meriyasi Telegramʼda ma’lum qildi.
«Gubernatorning topshirig‘iga ko‘ra, voqea joyiga tezkor shtab joylashtirildi, oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilmoqda, qutqaruv xizmatlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchlari, kazaklar va ko‘ngillilar jalb qilindi», — deyiladi ushbu postda.
O‘z navbatida, Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratevning Telegramʼda ma’lum qilishicha, voqea joyida operativ xizmatlardan 267 kishi ishlamoqda, 50 ta texnika jalb qilingan.
Mavzuga oid
15:36 / 23.12.2024
Qora dengiz sohillarini mazut qopladi - tankerlar halokati oqibatlari fotosuratlarda
12:26 / 23.12.2024
Anapa yaqinida tankerlar halokatga uchraganidan keyin 11 ta o‘lik delfin topildi
11:15 / 18.12.2024
Anapada sohildagi neft mahsulotlari tufayli favqulodda holat joriy etildi
22:50 / 16.08.2024