Jahon | 16:49 / 19.12.2024
3518
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik deputat migrantlar uchun viza joriy qilishni talab etdi

Deputat Mixail Matveyev viza rejimini joriy qilish va migrantlarni to‘liq tekshirish Rossiyaga yordam berishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Foto: RIA Novosti

Rossiya Davlat Dumasi deputati Mixail Matveyev migrantlar uchun viza joriy etishni talab qildi. U Ukraina mojarosi kontekstidagi ochiq chegaralarni bema’nilik deb atadi.

«Rossiya Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya vaqtida mamlakatni migrant-terrorchilardan himoya qilish uchun Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari bilan viza rejimini joriy qilishi kerak», dedi u.

«Dushman razvedka xizmatlari ko‘pincha ushbu davlatlar fuqarolarini terroristik harakatlarga jalb qiladi va ulardan chiqim sifatida foydalanadi», deb qo‘shimcha qildi u.

Viza rejimini joriy qilish va migrantlarni to‘liq tekshirish yordam berishi mumkin, deb hisoblamoqda siyosatchi. Va uni «Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlariga nisbatan joriy qilish kerak, chunki Rossiyaga migrantlarning asosiy oqimi aynan shu joylardan keladi».

General Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpov halok bo‘lgan portlashdan keyin Rossiyaga kirish qoidalarini yanada kuchaytirish haqidagi takliflar yangray boshladi. Ushbu teraktni sodir etishda O‘zbekiston fuqarosi, 29 yoshli Ahmad Qurbonov gumonlanib qo‘lga olindi.

Mavzuga oid