Chorvoqda bir oilaning uch a’zosi gazdan zaharlanib vafot etdi
Hodisaga qishloqda tabiiy gazning o‘chib, qayta yoqilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir oilaning uch nafar a’zosi – er-xotin va farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha hodisa 2024 yil 19 dekabr kuni Bo‘stonliq tumanining Xo‘jakent qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Shu kuni Bo‘stonliq tumani yashovchi fuqaro N.X. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, “Fazogir” MFY Fazogir ko‘chasi 22-uy 4-xonadonda yashagan 35 yoshli opasi N.S., 43 yoshli pochchasi B.S. va jiyani 8 yoshli B.M. yashash xonadonida vafot etganini ma’lum qilgan.
Bo‘stonliq tuman sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, 35 yoshli N.S.ning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmokda.
Kun.uz manbasining aytishicha, hodisaga qishloqda tabiiy gazning o‘chib qayta yoqilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. “Qishlog‘imizda gazni xohlasa o‘chirishadi, xohlasa yoqishadi”, deydi shu qishloqda yashovchi manba.
Avvalroq, 2024 yil 17 dekabr kuni Qarshi shahrida 4 kishi – 46 yoshli erkak, uning 18, 16 va 10 yoshli uch farzandi is gazi tufayli vafot etgandi.
Mavzuga oid
16:36 / 20.12.2024
Qarshida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlangan - ekspertiza
17:32 / 19.12.2024
Qarshidagi fojianing gaz yoki is gazi bilan bog‘liqligi ehtimoldan yiroq - “Hududgazta’minot”
12:07 / 19.12.2024
Qashqadaryoda ota va uning uch farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi
15:16 / 18.12.2024