Jahon | 20:38 / 20.12.2024
4570
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya bilan chegarada xavfsizlikni ta’minlash Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tomonidan yangi jangchilar yollanishining oldini olishga ham yordam beradi.

Foto: AP/ Francisco Seco

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya kurd guruhlarida ko‘rayotgan tahdidni bartaraf etish uchun Anqara Suriya shimolidagi vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Times of Israel prezidentning bir guruh jurnalistlar oldidagi nutqi yozuviga tayanib xabar berdi.

«Biz Suriyada faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlarini zararsizlantirish vaqti kelganini ko‘rsatamiz. Buni chegaralarimiz janubidan kelayotgan tahdidlarning oldini olish uchun qilamiz. Terrorchi tashkilotlar uchun yo‘lning oxiri yaqin. Mintaqaning kelajagida terrorchilarga joy yo‘q. Terror tashkiloti KIP va uning bo‘linmalarining amal qilish muddati tugadi», dedi Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya bilan chegarada xavfsizlikni ta’minlash Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tomonidan yangi jangchilar yollanishining oldini olishga ham yordam beradi.

KIP Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqida terrorchi tashkilot sifatida tan olingan.

8 dekabr kuni prezident Bashar Asad Suriyani tark etdi va hokimiyat qurolli muxolifat qo‘liga o‘tdi.

Mavzuga oid