Fan-texnika | 00:05
2986
2 daqiqa o‘qiladi

ChatGPT bepul qo‘ng‘iroqlar va yozishmalar uchun telefon raqamiga ega bo‘ldi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT chatboti bilan telefon orqali muloqot qilish funksiyasini taqdim etdi. Yangi funksiyasidan bir oy davomida 15 daqiqa bepul foydalanish mumkin.

Foto: The Indian Express

OpenAI kompaniyasi foydalanuvchilarga ChatGPT bilan telefon orqali muloqot qilish imkonini beradigan yangi funksiyani taqdim etdi. 

Kompaniya saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, endi AQSh yoki Kanadada istiqomat qiluvchi istalgan inson 1-800-242-84-78 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ovozli rejimda chatbot bilan muloqot qilishi mumkin. Ta’kidlanishicha, hatto chatbotga WhatsApp orqali xabar ham yo‘llash mumkin.

Sun’iy intellekt boti bilan oyiga 15 daqiqa bepul gaplashish mumkin, messenjer orqali yozishmalarga ham cheklov o‘rnatilgan. Shundan so‘ng foydalanuvchilarga ChatGPT ilovasini yuklab olish yoki chatgpt.com orqali ro‘yxatdan o‘tish taklif qilinadi. Telefon orqali bepul muloqot uchun atrof tinch bo‘lishi lozim, chunki har qanday shovqinni u ko‘rsatma sifatida qabul qiladi. Sun’iy intellekt suhbatdoshni messenjerdagi chat guruhga qo‘shib bo‘lmaydi.

Avvalroq ChatGPT tufayli dunyoda energiyaga bo‘lgan talab oshgani ma’lum qilingandi. Qayd etilishicha, ChatGPT orqali qidiruv Google orqali qidiruvdan 10 barobar ko‘p energiyani talab qiladi.

ChatGPT 2022 yil noyabrda ishga tushirilganidan beri haftasiga 250 million faol foydalanuvchini o‘ziga jalb qildi. 2021 yilda OpenAI qiymati 14 milliard dollardan 157 milliard dollarga chiqib ketdi, daromadi esa noldan 3,6 milliard dollarga yetdi.

Mavzuga oid