Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
Odam savdosi jinoyatini homilador ayolga nisbatan sodir etganlarga og‘irroq jazo choralarini belgilovchi o‘zgartirishlar kiritiladi.
Senatning ikkinchi yalpi majlisida «Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qonun muhokama qilindi.
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.
Natijada odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi ishlar tizimlashtirilib, ushbu jinoyatdan jabrlanganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini huquqiy himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
O‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali odam savdosi jinoyatini sodir etganlik uchun jazo chorasi kuchaytirilayotganligi alohida ta’kidlandi.
Bundan tashqari, muhokama davomida qonun bilan odam savdosi jinoyatini homilador ayolga nisbatan sodir etgan shaxslarga og‘irroq jazo choralarini belgilovchi o‘zgartirishlarni kiritish taklif etilayotganligi qayd etildi.
Senatorlar tomonidan mazkur qonunning hayotga tatbiq etilishi odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishga, ularga qarshi samarali kurashishga, bunday qilmishlar uchun mutanosib jazo choralari belgilanishiga, qolaversa, bolalar va xotin-qizlar huquqlarini samarali himoya qilishga xizmat qilishi qayd etildi.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
11:34 / 09.12.2024
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
19:17 / 28.11.2024
Sakkiz yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
15:24 / 25.11.2024