Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi
O‘zbekiston Markaziy banki Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi.
Bank xabariga ko‘ra, kengash faoliyati islomiy moliya institutlarini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqish, samarali korporativ boshqaruv mexanizmlari va risk-menejment tizimini joriy qilish, shuningdek, mazkur sohada kadrlar salohiyatini oshirish, tadqiqotlar olib borish hamda ushbu masalalarda kengashga a’zo tashkilotlarga ko‘maklashishga qaratilgan.
Mazkur tashkilotga a’zolik boshqa mamlakatlar tajribasini o‘rganish va O‘zbekistonda islomiy moliya institutlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasida ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish imkonini beradi.
Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashi 2002 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh ofisi Kuala-Lumpurda (Malayziya) joylashgan. Bugungi kunda kengashning 188 a’zosi, shu jumladan, 81 ta tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar, 10 ta xalqaro hukumatlararo tashkilot va 97 ta bozor ishtirokchilari hisoblanadi. Shuningdek, kengashga Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston moliyaviy regulyatorlari ham a’zo hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:05 / 25.12.2024
Apple Pay va Google Pay O‘zbekistonga kirishni nega rad etayotgani ma’lum bo‘ldi
19:16 / 12.12.2024
“Eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni ayirboshlashda cheklovlar yo‘q” – Markaziy bank
13:16 / 12.12.2024
Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
17:52 / 11.12.2024