100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi
O‘zbekiston yaralangan falastinlik bolalar va ayollarni hamda ularning hamrohlarini evakuatsiya qildi. Bemor falastinliklar reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.
O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev ma’lum qilishicha, 26 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusini amalga oshirish hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda jabrlangan 100 nafar falastinlik bolalar va ayollar va ularning hamrohlarini O‘zbekistonga evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirgan.
U evakuatsiya qilingan falastinliklar o‘z yurtlariga qaytgunlaricha O‘zbekistonda mehmon bo‘lishlarini ta’kidladi.
Mansurbek Qilichev bu falastinliklar sog‘liqni saqlash markazlari va kasalxonalarda istiqomat qilishlarini va O‘zbekiston hukumati ularni oilalarining barcha ehtiyojlari, jumladan mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqalar bilan ta’minlashini qo‘shimcha qildi.
Uning tushuntirishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yil noyabr oyida Falastin masalasiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari arab-islom sammiti oldidan so‘zlagan nutqida Falastin hududidagi harbiy harakatlarni to‘xtatish va xavfsiz gumanitar yo‘laklarni ta’minlash muhimligini ta’kidlagan va Toshkent yaralangan falastinlik bolalar va ayollar davolanish uchun qabul qilishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
12:51 / 12.11.2024
Xarkiv oblastida majburiy evakuatsiya e’lon qilindi
12:10 / 17.09.2024
Kursk yaqinida chegaraga yaqin ikki rayon aholisi evakuatsiya qilinmoqda
14:23 / 28.08.2024
Voronej viloyatida ikkita aholi punkti evakuatsiya qilindi
12:00 / 19.08.2024